2022-yilda 4 130 nafar kar va zaif eshituvchi oʻquvchiga bepul eshitish moslamalari berildi

66
Xalq taʼlimi tizimida hozirda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar tahsil olayotgan maxsus maktablar soni 90 tani tashkil etadi. Jumladan: 19 ta — kar va zif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan; 17 ta — koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan; 50 ta — aqli zaif bolalarga ixtisoslashtirilgan; 3 ta — tayanch harakatida nuqsoni bor bolalarga ixtisoslashtirilgan; 1 ta — nutqida nuqsoni bor bolalarga ixtisoslashtirilgan maktablardir. 2022-yilda: 268 nafar koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻquvchilarning koʻrish qobiliyatlari yaxshilandi; 35 nafar tayanch harakatida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning erkin harakatlanishlariga imkon yaratildi; 179 nafar kar va zaif eshituvchi oʻquvchilarda koxlear implantatsiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi; Kar va zaif eshituvchi oʻquvchilarning 4 130 nafariga bepul eshitish moslamalari tarqatildi; 19 ta kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida eshitish jihozlari “FM-sistema” oʻrnatildi; alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi mavjud toʻgaraklar soni 569 taga yetkazildi.