Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida “surdo-online” planshetlari ishga tushirildi

20
Gapirish va eshitish bilan bog'liq imkoniyati cheklangan shaxslar Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda surdo tarjimonsiz istalgan davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Joriy yilning 3 noyabr kunidan boshlab Toshkent shahridagi 11 ta tuman Davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida “surdo-online” planshetlari ishga tushirildi. Davlat xizmatlari markazlarining kirish qismlarida, fuqarolarni qabul qilish burchaklarida (resepshnda) hamda “surdo-online” planshetlari joylashgan operatorlarning ish stoliga maxsus belgilar joylashgan. Ushbu belgilar, o'z navbatida Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan shaxslarga to'g'ridan-to'g'ri “surdo-online” plansheti joylashgan operatorga yo'naltiradi. “Surdo-online” planshetlari internetga ulangan bo'lib, bevosita onlayn tarzda doimiy ravishda ishlaydi va shu vaqtning o'zida operatorga tarjima qiladi.