"Olimpiya shaharchasi"da iroda sohiblari bellashmoqda

82
Bugun, 3 noyabr kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil imzolangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan mazkur musobaqalar 4 yo‘nalish - tayanch harakati shikastlangan, ko‘zi ojizlar, kar va zaif eshituvchilar, aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lganlar o‘rtasida tashkil etilmoqda. Yengil atletika, stol tennisi, badminton, shaxmat va shashka sport turi bo‘yicha boshlangan “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalarida 400 nafardan ziyod matonatli va irodali sportchilar ishtirok etmoqda. Iroda va matonat sohiblarini ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etish asnosida mahoratli para sportchilarni saralashga qaratilgan musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari ertaga aniqlanadi.